"Monako" o‘z safiga "Milan" futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 23.08.2019 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Monako” klubi rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida “Milan” yarim himoyachisi Frank Kessini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar ayni damda muzokaralarni boshlab yuborishgan. Aytish kerakki, “rossonerilar” 22 yoshli futbolchi uchun 20 mln evro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kessi o‘tgan mavsum A Seriyada 34ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!