Monchi: Rinat Dasaev men uchun jahonning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan

  • 18 aprel, 2017, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Monchi “Sevilya” yoshlar guruhida paydo bo‘ldi. Ular “Segunda A”da ikki yil ketma-ket ishtirok etishdi, ammo har safar ulaga ozgina peshqadamlik etishmas va yangi mavsum yana “Seganda B”dan boshlanar edi. Dastlab ular Madridning “Atletiko”sini, keyin esa “Albasete” o‘zlaridan oldinga o‘tkazib yuborishdi. Shu voqeadan bir necha yil keyin “Albasete”da Andres Inesta ishtirok eta boshladi. Monchi yangi 1990-1991 yil mavsumini “Sevilya” a’zosi sifatida qarshi oldi va 1999 yilgacha shu jamoa sharafini himoya qildi. 2000 yildan esa jamoa sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Tecno

Uning yuqori cho‘qqilarni zabt etib borishiga sport emas, bir inson sabab bo‘di. U paytda “Sevilya”da Rinat Dasaev o‘z darvozabonligining uchinchi yilini bajarayotgan edi. Shu paytdan boshlab Monchi Dasaevni katta ishtiyoq bilan kuzatdi: “Mendan futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon kim deb so‘rashsa, hech ikkilanmay Dasaevni ko‘rsatgan bo‘lardim. U yaxshi inson va ajoyib o‘yinchi”, deya ta’kidlaydi Monchi.

rinat_dasaev

Qoidaga ko‘ra, jamoada faqatgina uchta chet ellik o‘yinchi bo‘lishi mumkin edi. “Sevilya”da avstriyalik Toni Polster, urugvaylik Bengoechea va rossiyalik Dasaevning ajoyib uchligini ko‘rish mumkin edi. Yangi mavsum avvalida Dasaev muvaffaqiyatsizlikga uchray boshlagach, klub rahbariyati yana bir chet ellik futbolchini jamoaga olishga qaror qildi. Bu esa jamoadagi uchllikning yo‘qolishiga sabab bo‘lar, ammo rahbariyatning “Sankt-Gallen”ning uchar o‘yinchisini tarkibga olmay iloji ham yo‘q edi.

Ivan Samorano Ispaniyaga Shveytsariya chempionatining eng yaxshi ishtirokchisi sifatida kirib keldi. Bu bilan u Dasaev uchun “Sevilya”ning eshiklarini yopdi, shu bilan birga Monchining karerasiga start berdi. Jamoaning ikkinchi darvozaboni Fernando Peraltu “Malaga”ga o‘tib ketdi. Bo‘sh qolgan ikki o‘rinning biriga “Barselona”dan Xuan Karlos Unsue qabul qilindi.

Monchi_2

Dasaev jamoadagi o‘rnini yo‘qotganligiga qaramay, Monchi uchun kumirligicha qolaverdi. Uning o‘zi buni shunday tasvirlaydi: “Meni bu insonning maydonga qayta chiqa olmasligini bilsa-da, butun vujudi bilan mashq qilishi hayratga solar edi. Omad undan butunlay yuz o‘girgan edi: u mashg‘ulotlarga yarador tizzasi bilan qatnar va bu bilan o‘z ahvolini battar og‘irlashtirardi; u ochgan sport do‘koni inqirozga yuz tutdi; o‘z mashinasida avtohalokatga uchradi. Bu baxtsiz hodisadan keyin u “Sevilya”da umuman o‘ynamay qo‘ydi. Agar uning badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiylik qiluvchi rafiqasi bo‘lmaganida, u butunlay ko‘chada qarovsiz qolib ketgan bo‘lardi. Klub uyni va mashinani tortib olganligi sababli, ularning hatto yashashga joyi ham yo‘q edi. Ammo takror aytamanki, u chin ma’nodagi inson edi. Bir necha yildan so‘ng u ma’lum muddat “Sevilya”da darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishladi va biz Luis Aragones bilan uning har bir gapiga amal qilib, undan dars olardik”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!