Montella "Roma" orzusidan Turkiya terma jamoasi uchun voz kechgan
Turkiya futbol federatsiyasi rahbari Ibrohim Hojiosmanoʻgʻli Vintsentso Montellaning bir yil avval terma jamoani tark etishga yaqin kelganini maʼlum qildi.
Italiyalik mutaxassis Turkiya terma jamoasini Evro-2024 chorak finaliga olib chiqqan va jamoaga JCh–2026 yoʻllanmasini ham taqdim etgan.
Hojiosmanoʻgʻlining aytishicha, Montella avvalgi shartnomalariga odatda "Roma" taklif bilan chiqsa ketish huquqini beruvchi bandni kiritgan. Biroq Turkiya terma jamoasi bilan tuzilgan kelishuvda bunday shart boʻlmagan.
"Biz Vengriyaga qarshi Millatlar ligasi pley-off oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtda “Roma”dan taklif keldi. Montella oldimizga kelib, bu taklifni koʻrib chiqishni xohlashini aytdi, ayniqsa pley-offda natijalar yaxshi boʻlmasa.
Bu juda hurmatli yondashuv edi.
Men unga: "Men shu yerda ekanman, siz bilan ishlashda davom etamiz”, dedim. U esa doimo orzu qilib kelgan jamoasi — “Roma”ni boshqarish imkoniyatidan voz kechdi", — dedi Hojiosmanoʻgʻli Fanatik nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar