Mourin'yo Chempionlar ligasi oldidan "Real" muammolari haqida gapirdi
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu Chempionlar Ligasida «Inter»ga qarshi uchrashuv oldidan jamoadа muammolar borligini ma'lum qildi.
— Ertagagi o'yin arafasida maydon markazida jiddiy muammolarimiz bor. Trentni yarim himoyada ishlatamanmi? Bu savolga javob bermayman, — dedi portugalialik mutaxassis matbuot anjumanida.
«Real» tarkibidagi Arda Gyuler, Bernardu Silva va Eduardo Kamavinga o'tgan mavsumdagi Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida olgan diskvalifikatsiyasi tufayli «Inter»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi. Shuningdek, Orelien Tchuameni ham ushbu o'yinda maydonga tushishi shubha ostida qolmoqda.
«Real» va «Inter» o'rtasidagi birinchi tur uchrashuvi 8 sentabr kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar