Mourin'yo: Menga Yamal kerakmas, bizda undan zo‘rlari bor

  • 20.08.2026 17:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo ashaddiy raqib hisoblangan «Barselona» yetakchisi Lamin Yamalni oʻz jamoasida koʻrishni istamasligini maʼlum qildi.

— Lamina Yamalni «Real» tarkibida koʻrishni istaymanmi? Yoʻq. Shubhasiz, u ajoyib futbolchi, ulkan salohiyatga ega yosh isteʼdod. Uning yoshini inobatga olsak, Yevropa va jahon chempioni boʻlishi odatdan tashqari holat. 

Lekin bizda allaqachon eng yuqori darajadagi tarkib bor, men hech kim uchun jamoada boʻsh joy ochmasdim. Hozirgi futbolchilarim — bu mening jamoam. Mening futbolchilarim esa eng yaxshilar, — deya Mourinyoning soʻzlarini keltiradi AS nashri.

18 avgust kuni Joze Mourinyo rasmiy Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi sifatida taqdim etildi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!