Mourin'yo "Real" futbolchilariga qat'iy talablar qo'ydi

  • 19.08.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasiga qayta kelgan Joze Mourinyo yangi mavsum oldidan intervyu berdi.

Portugaliyalik mutaxassis iyun oyida «qirollik klubi» bilan shartnoma imzolab, jamoani 2029 yil yozigacha boshqarishga kelishdi. Mourinyo bu klubda avval ham ishlagan — u «Real»ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan edi.

- Futbolchilar o‘zini namunaviy tutishyapti. Men ularga shunday dedim: «Men sizlardan talab qiladigan yagona narsa – aql bilan ish tutish, mantiqqa rioya qilish». Masalan, mashg‘ulot boshlanishiga besh daqiqa qolganda emas, bir soat oldin yetib kelishlarini so‘radim. 

Oldinroq kelish kerak, ovqatlanish dietolog nazoratida bo‘lishi zarur, jarohatlarni oldini olish uchun har kuni sport zaliga kirib turish shart. Bugungi zamonaviy futbolning talabi shunday, – deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.

Ma’lumot uchun, 22 avgust kuni «Real» La Liganing birinchi turida safarda «Espan‘ol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!