Mourin'yo «Real» uchun o'yin tuzilishini tanladi
«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa qanday taktik tuzilishda harakat qilishi bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi. Jurnalist Tomas Gonsales Martinning xabar berishicha, mutaxassis 4-2-3-1 sxemasini tanlagan.
Manbaga ko‘ra, madridliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor o‘yin uslubiga o‘tadi. Asosiy e’tibor qisqa uzatmalarga va chatoq hujumlardan keyingi chaqqon qarshi hujumlarga qaratiladi. Mourin'yuning «Real»dagi ilk davrida ham jamoa aynan shunday uslub bilan tanilgan edi.
Ayni paytda jamoa tarkibi to‘liq shakllangan. Joze Mourin'yu klub rahbariyatidan yangi futbolchilar olib kelishni so‘rashni rejalashtirmayapti.

Fikrlar