Mourino antirekord o‘rnatdi
Hozirgina Makedoniyaning Skope shahridagi “Filipp II” stadionida “Real” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Unda “qirollik klubi” 2:1 hisobida Joze Mourino boshqaruvidagi “qizil iblislar”dan ustun keldi.
Shu tariqa, portugaliyalik mutaxassisning jamoalari uchinchi bor UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda mag‘lub bo‘ldi.
Bunga qadar, 2003 yil “Portu” jamoasi “Milan”ga 0:1, 2013 yil esa uning boshqaruvidagi “Chelsi” klubi Madridning “Atletiko”siga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi.
Shunday qilib, Joze UEFA Superkubogida 3 bor mag‘lub bo‘lgan ilk murabbiyga aylandi.

Fikrlar