
Mourino “Barsa” yulduzini olishdan bosh tortgani sababi ma’lum bo‘ldi
Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” hujumkor futbolchisi Ansu Fatini o‘z jamoasiga qo‘shib olishdan bosh tartdi.
Marca nashri jurnalistlari portugaliyalik mutaxassisning 22 yoshli o‘yinchi transferidan voz kechgani sabablarini aniqladi.
Manbaga ko‘ra, bu Ansu Fati yaqindagina tizzasidan olgan jarohati sabab bo‘lgan. Iste’dodli futbolchi to‘liq tiklangunicha bir oydan ortiq vaqt ketadi.
O‘z davrida Kataloniya superklubining eng iqtidorli o‘yinchisi va “Messining vorisi” deb ta’riflangan Ansu Fati bir necha jiddiy jarohatdan keyin avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi.
Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq Xansi Flik ham unga ishonch bildirayotgani bois, Fati o‘ziga boshqa jamoa qidirishga majbur.
Fikrlar