
Mourino boshchiligidagi "Tottenxem" dekabrda MYu va "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi
Bugun “Tottenxem” bilan shartnoma imzolagan Joze Mourinyu kelayotgan dekabr oyida o‘zining ikki sobiq jamoasi – “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
Aniqrog‘i, 4 dekabr kuni “Tottenxem” safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi, 22 dekabr kuni esa o‘z maydonida “Chelsi”ga qarshi o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu “Manchester Yunayted”ni 2016- 2018 yillarda, “Chelsi”ni esa 2004-2007 hamda 2013-2015 yillarda boshqargan.
Fikrlar