Mourino bu futbolchini Turin va Milan klublariga berib qo‘ymaydi

  • 9 dekabr, 2022, 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mutasaddilari jamoadan ketishi kerak bo‘lgan Rik Karsdorp o‘rniga o‘ng qanot himoyachisini qidirmoqda.

Tecno

Birinchi navbatda, klub sport direktori Tyagu Pinto “Barselona” vakili Ektor Belerin yoki  “Roma” tarbiyalanuvisi Alvaro Odriosolani Rimga olib kelish uchun kurashadi. Uchinchi nomzod sifatida ro‘yxatga “Salernitana” himoyachisi Paskual Matstsokki qo‘shildi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, 27 yoshli Matstsokki joriy mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi o‘z vazifalarini bajarishdan tashqari, raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritdi va jamoadoshlari bir juft golli pas bilan ta’minladi.

Bu futbolchini olish uchun Joze Mourino “Torino” va “Inter” raqobatini sindirishiga to‘g‘ri keladi. Matstsokki 10 million evrodan qimmatga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!