Mourino bu o‘yinchining ketishiga ruxsat berdi

  • 3 dekabr, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma”da o‘zi kashf qilgan o‘yinchilardan biri Edoardo Boveni qo‘yib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Iste’dodli futbolchi “Bo‘rilar” safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Chunki u o‘zidan ancha tajribali o‘yinchilar – Nemanya Matich, Brayan Kristante va Muhammad Kamara bilan raqobatga dosh berolmayapti.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Lechche” Boveni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijarada o‘ynatmoqchi. “Roma”ni ham bu variant to‘liq qanoatlantiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!