Mourino bugun taktikani o‘zgartiradi. "Roma" bitta hujumchi bilan o‘ynaydi
Bugun Italiya chempionati 22-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Kalyari" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.
"La gazzetta dello sport" bellashuv oldidan "bo‘rilar" taktikasida o‘zgarish bo‘lishini yozdi. Unga ko‘ra Joze Mourino rimliklar hujum chizig‘ida bitta futbolchini maydonga tushirmoqchi. U ham bo‘lsa Temmi Abraxam.
Avvallari Joze Mourino "Roma"ning oldingi chizig‘ida 2 ta hujumchidan foydalanayotgandi. Bu gal murabbiy o‘zgarishga qo‘l urishi mumkin.

Fikrlar