Mourino "Chelsi"dagi shogirdlarini yordamga chaqirmoqda

  • 2 dekabr, 2016, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘ziga ma’qul kelgan shogirdlarini yana o‘z jamoasida to‘p surishga chaqirmoqda.
 
Portugaliyalik murabbiy bu gal "Chelsi"da asosiy tarkibga kira olmayatgan Nigeriya terma jamoasi sardori Jon Obi Mikelni qishki transferlar vaqtida "MYu" tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Afrikalik futbolchi London klubida 10 yildan buyon o‘ynaydi va uning shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.
 
"Chelsi" tarkibida ikki marotaba Angliya chempioni, Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘olibi bo‘lgan Jon Obi Mikelga "Valensiya" ham qiziqish bildirgan. Biroq, ispanlar afrikalik futbolchini yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!