Mourin'yo doktor ayolni haqorat qilganidan afsuslanmaydi

  • 17.09.2026 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Londonning “Chelsi” klubida ishlagan davrida londonliklarning sobiq shifokori Eva Karneyrodan hali ham uzr so‘ramoqchi emasligini aytdi.

2015/2016 yildagi mavsum boshida Premyer-liganing “Suonsi”ga qarshi o‘yinida Mourinyo Eva maydonda yotib qolgan Eden Azarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maydonga yugurib kirganida, uni portugal tilida “fohishaning qizi”, deb haqorat qilgandi.

Mourinyoning g‘azabi o‘yinda yuzaga kelgan tanaffus bilan bog‘liq edi, biroq Joze oxir-oqibat Karneyroning “Chelsi”dan ketishi va sud jarayonlariga olib kelgan mojarodan afsusda emasligini bildirdi.

- Men uchun ayol shifokor erkak shifokor bilan bir xil. Shuning uchun, har doimgidek, norozi bo‘lganimda lug‘atimdagi barcha so‘zlarni ishlataman.

Bunday so‘zlar taranglik haddan tashqari yuqori bo‘lgan paytlarda aytiladi. Odatda, futbol madaniyati, futbol genlari va futbol tarbiyasiga ega bo‘lgan odamlar bunday holatni bir soniyada engib o‘tishadi. Bu holatda esa boshqacha bo‘ldi, - dedi Mourinyo Netflix hujjatli filmida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!