Mourino: "Evropa Ligasida chempionlik uchun kurashamiz"
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar Ligasi saralashining javob o‘yinida "Benfika"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1; birinchi o‘yin - 0:0) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limda ko‘proq to‘pga egalik qilishga harakat qildik, ammo tanaffusdan keyingina bunga erishdik. Bahona yo‘q joydan bahona qidirishni yoqtirmayman. G‘alabaga bizdan kuchliroq - eng yaxshi o‘yinchilar va katta tajribaga ega jamoa sazovor bo‘ldi. Agar biz Chempionlar Ligasiga yo‘l olganimizda, ehtimol, 8 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lardik, Evropa Ligasida esa chempionlik uchun kurashamiz", - deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Portugaliyaning Record nashri.
Ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilik yakuniga ko‘ra, Turkiya jamoasi Evropaning asosiy turnirini tark etadi va Evropa Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar