Mourino "Fenerbaxche"ni Chempionlar ligasi saralashining hal qiluvchi — pley-off bosqichiga olib chiqdi
"Fenerbaxche" Chempionlar ligasi saralash bosqichidagi omadsiz seriyasini to‘xtatdi. Joze Mourino shogirdlari "Feyenoord"ni javob bahsida 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Ilk o‘yinda turkiyaliklar 1:2 hisobida yutqazgan edi.
Bu natija Turkiya klubini saralashning so‘nggi bosqichiga olib chiqdi. Endi ular "Benfika" yoki "Nitstsa" bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Mourinj boshchiligida "Fenerbaxche" umumiy hisobda 6 ta saralash uchrashuvida maydonga tushgan.
2024 yil jamoa 2-turda "Lugano"ni ikki o‘yinda (4:3 va 2:1) mag‘lub etgan, keyingi bosqichda esa "Lill"ga (1:2, 1:1) imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar