
Mourinoda gap ko‘p
“Tottenxem” yarim himoyachisi Tangay N'Dombele “Inter”ga jamoasiga ketib qolishi kutilyapti. Chunki uni italiyaliklar ustozi Antoni Konte A seriyaga chorlayapti.
Hozir frantsiyalik futbolchi Joze Mourino bilan arazlashib qolgan. U Jozening munosabati va karantin paytida mashg‘ulotga majburan olib chiqqanidan norozi.
Bu futbolchini londonliklar o‘tgan yili 60 million evro evaziga “Lion”dan transfer qilgan edi. Joriy mavsumda futbolchi 27 ta o‘yinda 2 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar