
Mourino hayotidagi umuman kutilmagan, lekin eng zo‘r taklifni oladi
Joze Mourino murabbiylik faoliyati davomida Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Italiya, Turkiya chempionatlarida mashhur jamoalarga ustozlik qilgan.
Biroq 62 yoshli mutaxassis hech qachon terma jamoalarda ish yuritmagan.
Fichajes nashrining yozishicha, Mourinoga ana shunday imkoniyat berilishi kutilyapti. Ayni paytda Turkiya chempionatida “Fenerbahche”ni shug‘ullantirayotgan murabbiyga Portugaliya terma jamoasini topshirishmoqchi.
Portugaliya futbol federatsiyasi 2026 yilgi jahon chempionati uchun Mourinoni mamlakatning bosh jamoasiga jalb qilishni rejalashtirgan.
Ta’kidlash joizki, Mourinoning o‘zi ham Portugaliya terma jamoasini boshqarish orzusi borligini bir necha marotaba aytib o‘tgan. Endi u bu orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Portugaliya futboli mutasaddilari tajribali mutaxassisni terma jamoaga olib kelish uchun ideal variantlarini ishlab chiqishga kirishgan.
Fikrlar