
Mourino hujumchiga yana bir imkoniyat beradigan bo‘ldi
Temmi Abraxam joriy mavsumda to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsata olmayapti. O‘tgan mavsum jami 53 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritgan angliyalik hujumchi bu gal 21 ta o‘yinda to‘rtta gol urdi xolos.
Joze Mourino yaqinda Abraxamni tanqid qilgandi. Biroq keyinchalik 25 yoshli hujumchiga yana bir bor imkoniyat berishga qaror qildi.
Hozir Temmi Maldiv orollarida hordiq chiqarmoqda. Rimga qaytganidan keyin tayyorgarlikka zo‘r beradi.
Abraxamning o‘ziga Angliya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etish uchun taklif olmagani rosa alam qilgan.
Angliya premer-ligasi vakillaridan “Aston Villa” va “Arsenal” uni vataniga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar