Mourino jamoasi o‘yinidan qoniqdi, ammo, natijadan emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha UEFA Evropa ligasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Selta" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 0:1 hisobida "qizil iblislarning" g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng "MYu" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men bugungi o‘yindan to‘la qoniqdim, ammo, natijadan emas. Biz bugun kamida 2-3 marta raqib darvozasini ishg‘ol etishimiz mumkin edi, biroq, buni uddalay olmadik. Jamoam bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va bu bosqichda barchasiga nuqta qo‘yishi ham mumkin edi. Afsuski, bu amalga oshmay qoldi. Endi "Old Traffor"da g‘alaba qozonishimiz kerak", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "MYu" va "Selta" jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 11 may kuni "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!