Mourino katta transferni barbod qildi
Joze Mourino jamoa etakchilaridan Nikolo Dzanoloni jamoada qolishga ko‘ndirdi.
23 yoshli universal hujumchi “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turgandi. Turin klubi Nikolo bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olganiga qaramay, “Roma” mutasaddilarini hali o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmagan edi.
Aniqrog‘i, “Yuventus” Rim klubi talab qilayotgan 50 million evroni arzonlatish uchun turli variantlar taklif qilish band edi.
Joze Mourino Dzanolo bilan shaxsan gaplashib olganidan keyin italiyalik hujumchi “Roma”dan ketish fikridan qaytdi va kelasi mavsumni qadrdon jamoasi safida boshlashga qaror qildi.
Dzanoloning poytaxt klubi bilan bitimi yana ikki mavsum davom etadi. Klub rahbariyati unga yangi shartnoma berishni rejalashtirgan.



Fikrlar