Mourino: Menga shu futbolchilarni olib bering, dunyodagi barcha sovrinlarni yutaman!

  • 27 sentabr, 2021, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qanday muvaffaqiyatga erishish va dunyodagi barcha sovrinlarga ega chiqish mumkinligini bilishini aytdi. Buning uchun portugaliyalik murabbiyning tarkibi ham tayyor ekan.

Tecno

- Men boshqarayotgan jamoaga Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Dide Drogba, Frenk Lempard, Jon Terri, Serxio Ramos, Jerom Boateng, Dani Alves, Manuel Noyer, Luka Modrich va Andreas Inestani olib bering va men chempionatdan tortib, Chempionlar ligasigacha bo‘lgan dunyodagi mavjud barcha sovrinlarni yutaman. Oxirida FIFA versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi ham bo‘laman, - dedi Joze Mourino.

Murabbiyning bu fikrini o‘qigan ayrim sobiq shogirlari portugaliyalik mutaxassisning chaqirig‘ini qabul qilganini bildirdi.

- Boss, men tayyorman, - deb yozdi Jon Terri.

- Qani olg‘a, chorloqni qabul qildim, - dedi Dile Drogba.

Hozir esa, Joze Mourino qo‘l ostidagi futbolchilar bilan “Roma”ni Chempionlar ligasiga olib chiqishi va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqishi kerak.

 Mag‘lubiyatdan so‘ng Mourino “Roma”ni larzaga soldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!