Mourino meni haydagan, u men uchun zo‘r murabbiymas!

  • 27.08.2022 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda “Berton Albion” jaomasini boshqarayotgan sobiq futbolchi Jimmi Floyd Xasselbaynk “Chelsi”da o‘ynab yurgan paytda bosh murabbiy Joze Mourino bilan yuzaga kelgan ziddiyatni esga oldi.

2004 yili “Chelsi” yosh va juda mashhur murabbiy Joze Mourino kelgan va shundan so‘ng, Xasselbaynkning jamoadagi  faoliyatiga nuqta qo‘ygan. Taniqli hujumchi “aristokratlar” safini tark etib, “Midlsbro”ga jo‘natib yuborilgan.   

- O‘shanda hayron qolganman. Eng qattiq xafa qilgan jihati shuki, Mourino men bilan gaplashib ham ko‘rmagan. Garov o‘ynashga tayyorman, kimdir Mourioga meni yomonlagan va bun bilan ishlab bo‘lmasligini uqtirgan.

Ular Dide Drogbani olib kelishdi. Zo‘r transfer. Lekin men u bilan birga o‘ynashim mumkin edi. Keyin Mourino bilan gaplashganimda xato qilganini tan oldi. Lekin endi uning gaplari ahamiyatsiz edi. U meni jamoada qoldirishi shart edi.

Mourino haqiqatan ajoyib murabbiy, futbolda mislsiz narsalarga qo‘l urgan, lekin men uchun u hech qachon eng zo‘ri bo‘lolmaydi, - dedi Xasselbaynk.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!