Mourino “Nyukasl” taklifiga munosabat bildirdi

  • 18 oktabr, 2021, 13:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” rahbariyati jamoani boshqarish uchun taklif qilayotgan mutaxassislar orasida “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning ham nomzodi bor. Portugaliyalik mutaxassis o‘zining “Nyukasl”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

- Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, men bir necha yil davomida “Nyukasl” tarixida o‘chmas iz qoldirgan ser Bobbi Robson bilan birga ishlaganman. Shuning uchun ham menda har doim Nyukasl shahri va jamoa muxlislari bilan ruhiy bog‘liqlik bo‘lgan.

Lekin hozir men “Roma”daman va o‘zimni baxtli his qilyapman. Bu klub loyihasini amalga oshirish uchun bor e’tiborimni “Roma”ga qaraganman, - dedi Joze Mourino.

Bobbi Robson 1999-2004 yillar davomida “Nyukasl”ni boshqargan. Joze Mourino esa taniqli mutaxassis bilan 1996-1997 yillar davomida “Barselona” murabbiylar shtabida birga ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!