
Mourino o‘rniga keladigan murabbiy aniq bo‘ldi
Mavsum yakunlanishi bilan “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino klubni tark etishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisning o‘rnini egallaydigan murabbiy nomini ham aniqlab qo‘ygan. Manbalarning xabar berishicha, londonliklarni jamoani o‘z vaqtida “Napoli”, “Chelsi” va “Yuventus”ni boshqargan Mauritsio Sarrini olib kelishni rejalashtirmoqda.
62 yoshli Sarri “Yuventus”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi va yangi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Uning qo‘l ostida “Yuventus” 2019-2020 yilgi mavsumda Italiya chempioni bo‘lgan edi.
Joze Mourino esa “Tottenxem”ni Angliyaning eng kuchli jamoalari to‘rtligiga qo‘sha olmadi va katta ehtimol bilan bu jamoa o‘zi orzu qilgan Evropa Chempionlar ligasining yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi.
Fikrlar