Mourinьo o‘rnini Angliyadagi murabbiy egalaydi

  • 30.04.2026 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Fulxem” bosh murabbiyi Marku Silva, agar Joze Mourinyo “Real Madrid”ga o‘tib ketsa, “Benfika”ning bosh murabbiyligiga asosiy nomzodga aylangan. Bu haqida Record xabar berdi.

Lissabon klubi rahbariyati vaziyatni tahlil qilmoqda va murabbiylar shtabidagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Fulxem” bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan Silva transfer uchun ochiq bo‘lishi mumkin.

Hozircha klublar o‘rtasida aniq muzokaralar bo‘lmagan, ammo “Benfika” uni Mourinyo ketgan taqdirda ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq “Real” prezidenti Florentino Peres portugalik mutaxassisni Madridga qaytarishni istagani xabar qilingan edi. Mourinyo 2010–2013 yillarda “Real”ni boshqarib, Ispaniya chempionligi, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Hozirda “Benfika” Portugaliya chempionatida 31 turdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam Portudan 7 ochko ortda qolmoqda. Mourinyu jamoani o‘tgan yil sentabrda qabul qilib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!