Mourino o‘zi xafa qilgan Mxitaryan bilan yarashdi
“Roma” jamoa bosh murabbiyligiga Joze Mourinoni taklif qilganidan xabaringiz bor. Bu xabar rimliklarning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanga yoqmagan edi. Sababi Genrix “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan davrda o‘sha paytda manchesterliklarni boshqargan portugaliyalik murabbiy bilan urishib qolgandi.
O‘shanda Mxitaryan murabbiyning tanqidini ko‘tara olmagandi. Joze uni zaxiraga mixlab qo‘ydi. Natijada Genrix Manchesterni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Aslida Mourino borgan joyida etakchi futbolchilar bilan chiqisha olmasligi ayni haqiqat. So‘nggi ish joyi – “Tottenxem”da ham Dele Alli, Tangi Ndombele kabi mashhur futbolchilar bilan munosabati buzilgan edi. London klubidan iste’foga chiqishining sabablaridan biri aynan jamoa etakchilari bilan til topisha olmaganidir.
Mourino kelishini eshitgan Mxitaryan “Roma”ni tark etish payiga tushib qoldi. Biroq, klub rahbariyati asosiy o‘yinchilaridan biriga ruxsat bermadi.
Muammoni Mourino bilan uchrashuv hal qildi. Joze Genrix jamoa uchun muhim o‘yinchi ekanini tan oldi.
Fikrlar