Mourino qattiq afsuslanmoqda

  • 1 aprel, 2017, 06:58
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino ushbu klubga kelganidan keyin ayrim qarorlar borasida xato qilganini tan oldi. Xususan, portugaliyalik murabbiy jamoadagi futbolchilar bilan munosabatda ham xato qilganidan afsusda ekanini bildirgan.

Joze Mourino tajribali yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerga nisbatan adolatsizlik qilgani uchun futbolchidan uzr so‘radi.

- Shvaynshtayger men uzo‘r so‘rashim kerak bo‘lgan futbolchilar toifasiga kiradi, - dedi Joze Mourino. - Men unga adolatchizlik qilib qo‘ydim. Vaqtida o‘ynatmadim va keitishiga yo‘l qo‘ymadi. U haqiqiy professional. Men unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lganimdan afsusdaman. Uni sog‘inaman.

Mourino kelganidan keyin asosiy tarkibdan chetlatilgan Bastian Shvaynshtayger ancha muddat sabr bilan unga imkoniyat berilishi kutdi. Biroq amalda bunday bo‘lmadi.

Bastian Shvaynshtayger MLS ligasi vakili – “Chikago Fayr” klubiga o‘tib ketdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!