Mourino qaytmoqda. U "Tottenxem"ni boshqaradi

  • 20 noyabr, 2019, 11:11
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

«Tottenxem» jamoa bosh murabbiyligiga Joze Mourinoni taklif qilmoqda. 

Portugaliyalik mutaxassisning agenti London klubi bilan shartnoma shartlarini muhokama qilyapti. Sky Sports jurnalisti Fabritsio Romano oldinroq Mourino klub prezidenti Deniel Levi bilan uchrashganini ma’lum qildi. Ayni paytda Mourino "Tottenxem" bilan maoshini kelishib olgan. U yiliga 13 million evro ishlab topadi. Ma’lumot o‘rnida, Joze Mourino oxirgi klubi «Manchester Yunayted»da yiliga 20 million evro maosh olardi.

Portugaliyalik murabbiy londonliklar bilan 3 yillik yoki 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
20/11/2019 11:24
Tezroq kelaqol Joze APL da seni sog'inib ketdikku