Mourino qo‘l ostida o‘ynash men uchun sharaf!

  • 17.09.2021 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eldor Shomurodovning paslari sababli ikki uchrashuvda ikkita gol urgan Stefan El-Shaaravi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino haqida iliq fikr bildirdi.

- Ustozimiz jamoada g‘alaba qozonish uchun katta ishtiyoq uyg‘otdi. Mourino har bir o‘yinchi bilan ko‘p muloqot qiladi. Joze menga ishonch bildiryapti va men uchun bu murabbiy bilan ishlash katta sharaf, - dedi italiyalik futbolchi.

Portugaliyalik mutaxassis Rimga kelishi bilan jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar kuzatila boshladi. Mourino shogirdlari ketma-ket oltita rasmiy uchrashuvda zafar quchdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!