Mourinьo “Real”da to‘qqiz futbolchi taqdirini hal qiladi
Joriy mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Real” rahbariyati jamoa boshqaruviga tajribali murabbiy Joze Mourin'oni olib kelishga qaror qilgan.
Portugaliyalik mutaxassisning o‘zi allaqachon “Real” tarkibini shakllantirish bo‘yicha rejalarni tuzishga kirishib ketdi.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Mourin'yo Madriddga olib kelinadigan futbolchilarni aniqlab bo‘lgan, biroq bu ro‘yxat ham yakuniy emas.
Bundan tashqari, The Touchline nashrining ta'kidlashicha, bir qator futbolchilarning kelajagi mavsumoldi tayyorgarligi paytida ular Mourin'yoda qanday taassurot qoldirishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu ro‘yxatda Endrik va Nikolas Pas ham bor. Birinchisi “Lion”dagi yarim yillik ijaradan keyin “Real”ga qaytmoqda, ikkinchisi esa, “Komo”dan qayta sotib olinishi kerak.
Kelajagi Mourin'yoning qaroriga bog‘liq bo‘lgan o‘yinchilarning to‘liq ro‘yxatiga Franko Mastantuono, Endrik, Nikolas Pas, Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Braim Dias, T'jago Pitarch, Raul Asensio kiritildi.

Fikrlar