
Mourino “Real”dan futbolchi oladi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa himoya chizig‘iga yangi futbolchi olishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpni jamoadog haydaganidan xabaringiz bor. Endi rimliklar uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi olmoqchi.
Calciomercato.it sayti tarqatgan zabarga ko‘ra, Joze Mourino o‘ng qanot himoyasiga “Real” futbolchisi Alvaro Odriosolani olib kelmoqchi. Ispaniyalik futbolchi madridliklar safida bu mavsum hali birorta o‘yinda qatnashgani yo‘q va shu bois, muhitni o‘zgartirishni istayapti.
Odriosola 2018 yilda “Real”ga kelganidan beri jamoa asosiy tarkibidan muqim joy olishni uddalay olmayapti. U faoliyati davomida “Bavariya” va “Fiorentina”da ijarada to‘p tepdi.
26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Uning transferi 6 million evroga baholanayotgani ham rimliklarga qo‘l kelishi mumkin.
Fikrlar