Mourinyo “Real”ga qaytish uchun klub rahbariyatiga shart qo‘ydi

  • 09.05.2026 00:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" bosh murabbiylik lavozimi uchun Joze Mourinьo bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Fabrizio Romano xabariga koʻra,madridliklar ushbu hafta davomida portugaliyalik mutaxassis hamda uning vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazgan. Ayni paytda "Benfika"ni boshqarayotgan Mourinьo 2013 yilda tark etgan klubiga qaytishga tayyor.

Biroq 63 yoshli murabbiy “Real”dan toʻliq nazorat va transfer siyosatiga aralashishni talab qilmoqda. Shuningdek, u madridliklarga ijobiy javob berishga yaqin ekani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, "qaymoqranglilar" joriy mavsum Chempionlar ligasining yarim finalida "Bavariya"dan magʻlub, musobaqani tark etdi. Shuninhdek, jamoa ayni paytda La Liga turnir jadvalida 88 ochko bilan 2- oʻrinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!