Mourino “Roma”dan yana bir katta transferni talab qilmoqda
Joze Mourino “Roma” tarkibini sezirlarli darajada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Italiyada faoliyat yuritayotgan eng zo‘r hujumchilardan Paulo Dibalani qo‘lga kiritganidan keyin yana bir taniqli o‘yinchiga ko‘z tikmoqda.
Mourino poytaxt klubi xo‘jayinlaridan PSJda ishi yurishmagan Jorjino Veynaldumni olib kelishni talab qilmoqda. O‘z vaqtida niderlandiyalik yarim himoyachi “Liverpul” etakchilaridan bo‘lgan va Yurgen Klopp jamoasining Chempionlar ligasi va Angliya premer-ligasidagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan.
Parij klubidagi faoliyatidan qoniqmagan Veynaldumning o‘zi A Seriyaga ko‘chib o‘tmoqchi. Tajribali futbolchi “Roma”da o‘ynashga qarshi emas.

Fikrlar