
Mourino “Roma”ni kuchaytiradigan o‘yinchi topdi
Joze Mourino jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Jorjino Veynaldum o‘rniga boshqa yarim himoyachi qidirmoqda.
Rimga olib kelinadigan nomzodlar orasida “Yuventus”ning futbolchisi Denis Zakariya ham bor.
Shveytsariyalik yarim himoyachi yil boshida Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan Turin klubiga transfer qilingandi. Biroq, Zakariya o‘yini bilan bosh murabbiy Massimiliano Allegrining ishonchini qozona olmadi. Italiyalik mutaxassis 25 yoshli o‘yinchidan atigi o‘nta uchrashuvda foydalandi.
Rimliklar bu o‘yinchini bir mavsum ijaraga olib o‘ynatmoqchi.
Fikrlar