Mourino Sardorni "Roma"da ko‘rmoqchi

  • 24 iyul, 2021, 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Roma" klubi "Zenit" hujumchisi Sardor Azmunga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino eronlik futbolchini jamoa hujumini kuchaytira olishiga to‘liq ishonmoqda.

Aytish kerakki, Azmunga Leverkuzenning "Bayer" klubi ham jiddiy qiziqmoqda. “Dorishunoslar” Sardor uchun piterliklarga 18 millionov evro to‘lashga tayyor.

Azmun o‘tgan 2020/21 yilgi mavsumda Rossiya premer-ligasida jami 24 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!