Mourino Shomurodovning raqobatchisiga ishonch bildiradigan bo‘ldi

  • 2 iyul, 2023, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish harakatlarini jadallashtirdi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis ruxsati bilan Rim klubi Stefan El-Shaaravi bilan yangi shartnoma imzoladi.

El-Shaaravining asosi pozitsiyasi chap qanot hujumchisi hisoblanadi. Bu futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun kurashda bir yarim mavsum davomida raqobatchisi Eldor Shomurodovga imkon bermay kelmoqda.

30 yoshli futbolchining yangi bitimi 2025 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirildi.

Stefan “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida bu ikki jamoadan tashqari, Italiyada “Milan”, Frantsiyada “Monako”, Xitoyda “Shanxay Shenxua” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ZAKHRIDDIN
02/07/2023 14:23
Элдоржон Галатасарой қилиб ётма ука шу Испан или Франсуз кулубларига кетавер агар Туркия чимпионатига келсанг тугайди сен учун европа или Жиноа га қайтавер клуб билан келишиб