Mourino: "Temmiga ishonch bildirishda davom etaman"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Temmi Abraxam haqida fikr bildirdi. Aytishicha, Abraxam hozirgidan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi mumkin.
"Siz Temmini zo‘r o‘ynayapti, deyishingiz mumkin. Ammo u bundan ham ajoyib harakatlanishi mumkin.
Men undan ko‘p narsa talab qilaman. Sababi, Abraxam yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatishga qodir.
Men uning potentsialini bilaman. Temmiga ishonch bildirishda davom etaman. U shunga loyiq futbolchi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar