Mourino: Vertongen Portugaliya chempionatining yutug‘i bo‘lishi mumkin

  • 14.08.2020 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino “shporlar” safidagi sobiq shogirdi Yan Vertongenning “Benfika”ga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Vertongen “Benfika”ga o‘tadimi, yo‘qmi bilmayman. Agar bu sodir bo‘lsa, Portugaliya chempionatining yutug‘i bo‘ladi. Haqiqiy professional va mashg‘ulotlarda qanday shug‘ullanish bo‘yicha na’muna. Men faoliyatim davomida juda ko‘p odamlarni uchratdim, ammo Vertongen ular orasida eng yaxshilaridan biri. Mening yurtimda hamma baxtli bo‘lishini xohlayman.

Vertongen “Tottenxem” uchun har doim juda muhim shaxs bo‘lib kelgan”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

33 yoshli belgiyalik futbolchi “Tottenxem” safini erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!