Mourino yana bir transferni e’lon qildi

  • 19.08.2020 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Jo Xart faoliyatini “Tottenxem”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Londonliklarning rasmiy sayti, 33 yoshli golkiperni erkin agent sifatida qo‘lga kiritgani va u bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Jo Xart faoliyatining katta qismini “Manchester Siti”da o‘tkazgan. 12 yil davomida 266 ta o‘yinda maydonga tushgan Xart jamoani Xlsep Gvardiola qabul qilib olganidan keyin ma’lum muddat o‘tib, o‘z joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Xart Angliya terma jamoasis afida jami 75 ta uchrashuv o‘tkazgan.

hart-tott

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!