Mourino yana VAR tizimidan norozi bo‘ldi

  • 24 sentabr, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya chempionati doirasida "Benfika" – "Riu Ave" uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Bellashuvda bosh hakam Serjiu Gelyu videotakror yordamida "Benfika"ning golini bekor qildi. Sabab sifatida Nikolas Otamendi tomonidan qo‘pol o‘yin qayd etildi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino VAR ishidan noroziligini bildirdi:

"Natija mutlaqo adolatsiz. Chunki g‘alaba qozonishni faqat bir jamoa istadi, ikkinchisi esa durang uchun o‘ynadi. Ammo futbol shunday.

Menga yoqmaydi, monitor oldidagi odam – VAR yordamchisi Pedru Ferreyra – asosiy qahramonga aylansa. Agar futbolkadan tortib qolingani uchun gol bekor qilinsa, demak, bosh hakamda xarakter yo‘q ekan", – deya ta’rif berdi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!