Mourino yaxshi xabar eshitdi

  • 29.10.2022 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning 25 yoshli himoyachisi Mehmet Zeki Chelik “Verona” bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan jarohatidan to‘liq qutildi.

Tecno

Turkiyalik futbolchi tizza bo‘g‘imining shikastlanishidan aziyat chekayotgan edi.

Il Tempo nashrining xabar berishicha, o‘ng qanot himoyachisi A Seriyaning 12-turida safarda “Verona” bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorlanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Chelik hali to‘liq o‘ynashga tayyor emas. Biroq, murabbiylar shtabi vaziyatga qarab, unga bir necha daqiqalik o‘yin amaliyotini berishi mumkin.

Hozircha, Joze Mourino 23 yoshli markaziy himoyachi Rojer Ibanesning safga qaytishini kutyapti. Braziliyalik o‘yinchining oshqozoni og‘rib qolgan edi.

Mehmet Zeki Chelik yozda “Roma”ga ko‘chib o‘tganidan beri jami to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, maydonda 509 daqiqa  harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!