
Mourinoga kerak bo‘lmagan "Roma" futbolchisi APL klubiga kerak!
Niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorp “Roma”ni tark etib, faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Sautgempton" jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, Rim klubi Rik bilan joriy qishki transfer oynasida xayrlashishga tayyor, chunki u endi bosh murabbiy Joze Mourinoning rejalariga kirmaydi.
Ma’lumot uchun, Rik Karsdorp “Roma” safiga 2017 yilda "Feyenoord"dan ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsum Italiya A Seriyasida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar