Mourin'oni Angliya kutmoqda. Unga badavlat klubdan ish chiqdi

  • 16.04.2026 13:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Eddi Xau bilan xayrlashgan taqdirda uning o‘rniga Joze Mourinyo olib kelishni mo‘ljallayapti.

Garchi Xau “Nyukasl” xo‘jayinlari ishonchini saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda klub ichida bu mutaxassis o‘z imkoniyatlarining chegarasiga yetgani haqida  hissiyot kuchaymoqda.

Bundan tashqari, keyingi paytda “Nyukasl”ning ashaddiy muxlislari Xauga nisbatan noroziliklarini tobora ko‘proq bildirmoqda, chunki uning jamoasi hozir Premier-ligada faqat 14-o‘rinni egallab turibdi.

Agar Xau mavsum oxirida ketishga qaror qilsa yoki “Nyukasl” uni ist’foga chiqaradigan bo‘lsa, uning o‘rniga avval Premier-ligada “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”ni boshqargan Mourinyo taklif qilinadi.

Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Nyukasl”ning saudiyalik egalari Xau bilan hamkorlik tugatilgan taqdirda mashhur murabbiyni taklif qilishga variantini ilgari suryapti. Mourinyodan tashqari, “qarğalar” nishoniga “Manchester Siti”ning sobiq murabbiyi Roberto Manchini va mavsum oxirida “Bornmut”ni tark etishini e’lon qilgan Andoni Iraola ham bor.

Ayni paytda Lissabonning “Benfika” klubida ishlayotgan Joze Mourinyo “Nyukasl”ga bo‘lgan simpatiyasini hech qachon yashirmagan, bu esa ushbu klub afsonasi ser Bobbi Robson bilan bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!