
Mourinoni "Roma"da olib qolishga klub afsonasi aralashdi!
"Roma" afsonasi Franchesko Totti portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni poytaxt klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirishga ko‘ndirishga urinmoqda.
"Roma"ning sobiq sardori yaqinda Jozening o‘zi bilan shaxsan bog‘langanini ma’lum qildi.
Totti “Wow Side” savdo do‘konida omma oldiga chiqish chog‘ida shunday dedi:
“Men Mourinoga qo‘ng‘iroq qildim. Umid qilamizki, u qoladi. U birinchi raqamli va g‘alaba qozonish uchun unga o‘xshaganlar kerak. U bilan ishlashni davom ettirish muhim.
Payshanba kuni biz muvaffaqiyatga erishishimizga umid qilaman. "Roma" va "Yuventus" o‘rtasidagi Evropa ligasi finali Italiya futboli uchun yaxshi signal bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Roma” A Seriya musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Bo‘rilar” ertaga safarda Evropa ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida “Bayer” mehmoni bo‘ladi. Ushbu jamoalarning dastlabki o‘yinida 1:0 hisobida “Roma”ning qo‘li baland kelgan edi. Evropa ligasining ikkinchi yarim finalida esa “Yuventus” “Sevilya”ga qarshi bahs olib bormoqda.
Fikrlar