Mourinoni terma jamoani boshqarishga chaqirishyapti

  • 24.12.2021 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nigeriya futbol federatsiyasi prezidenti Amadju Pinnik milliy terma jamoani boshqarish uchun kuchli bosh murabbiy olib kelishga qaror qilgan.

- Mutaxassisni tanlashda asosiy e’tibor nomzodning tartib-intizomga e’tibor qaratishi va sovrinlar yutiga ishtiyoqmandligi inobatga olinadi. Biz Joze Pezeyru, Mladen Krstaich va Joze Mourino bilan muloqot qildik, - dedi Amadju Pinnik.

Ma’lumki, Joze Mourino “Roma” bilan uch yillik shartnoma tuzgan . Yaqinda portugaliyalik mutaxassis “Nyukasl”ni boshqarish bo‘yicha taklifni qabul qilmagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Nigeriya terma jamoasi yanvarda boshlanadigan Afrika Millatlari kubogining guruh bosqichida Misr, Sudan va Gvineya-Bisau futbolchilari bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!