Mourin'oni Val'verdеni olib qolib, ikki nafar boshqa yulduzni sotib yuboradi

  • 24.06.2026 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi bo‘lajak transferlarga sarmoya kiritish maqsadida markaziy chiziqdagi ayrim futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, klubni tark etishga asosiy nomzodlar yarim himoyachilar Orelien Tchuameni va Eduardu Kamavinga hisoblanadi.

Shu bilan birga, madridliklar jamoa sardorlaridan biri hisoblangan Federico Valverdeni sotish niyatida emas. Bu hatto uning Tchuameni bilan janjallashganiga qaramay o‘zgarmaydi.

Klub rahbariyati urugvaylik futbolchi bundan buyon Xose Mourinyo boshqaradigan «Real»ning yangi loyihasida hal qiluvchi o‘rin tutadi, deb hisoblamoqda.

Biroq ta'kidlanishicha, Tchuameni bilan bog‘liq vaziyat va jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso ga nisbatan ayrim masalalardagi ishonchsizlik sababli klub rahbariyati Valverdening xatti-harakatlarini ham diqqat bilan kuzata boshlagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!