
Mourinoning “kursisi qimirlab” qoldi, Rimda esa katta “zilzila” yoxud “Roma” rahbariyati og‘zida bitta murabbiy nomi bong urilmoqda
Mourinoning ishlari yaxshi emas. Rim klubi rahbariyati yangi murabbiy haqida o‘ylamoqda
Mourinoning shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi, biroq so‘nggi haftalarda uning Rimni tark etishi mumkinligi haqida gap ketmoqda. Muammo shundaki, “bo‘rilar”ning egasi hisoblangan “Friedkin Group” komaniyasi portugaliyalik mutaxassisga ortiq ishonmayapti.
“Roma” yaqinda Rim derbisida imkoniyatni boy berdi. Inkor etib bo‘lmaydigan taxmin bu mavsum ham isbotlanmoqda. Ya’ni, klub shu tempda o‘ynashda davom etsa, “bo‘rilar” bu yil ham Chempionlar ligasisiz qolishi mumkin. Mourino va uning jamoasi o‘tgan yakshanba kuni derbidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin vaziyatni izdan chiqarib yuborgandek ko‘rinmoqda va uni to‘g‘irlash uchun yangi murabbiy topishlari kerak. Kecha, chorshanba kuni “Sassuolo”ga qarshi o‘yin o‘tkazib, to‘rtinchi o‘rin uchun kurashni davom ettirishi kerak edi. Ammo rimliklar tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqargan holda o‘z imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi. Agar klub kecha safarda g‘alaba qozonganida, to‘rtinchi o‘ringa chiqib olishlari uchun yaxshi imkon bor edi, ammo bu qo‘ldan chiqarildi. Hozirda “Roma” 14-turdan keyin 26 ochko bilan 6-pog‘onada ketmoqda.
Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, muammo faqat turnir jadvalidagi holatda emas, balki Rim klubi egasi hisoblangan Fridkin va Joze Mourinoni bog‘lab kelgan yaxshi munosabatlar o‘rtasiga tushgan kichik sovuqchilik hamda bir qator muammolardir. Amerikalik investor “Roma”ni Rimdagi, balki Italiyadagi eng zo‘r klubi ekanligini isbotlashi qo‘yish uchun “Special One”ni tanladi, ammo ularning munosabatlarda kichik muammolar paydo bo‘lmoqda. Portugaliyalikning mutaxassisning nimalarga qodirligini hammamiz yaxshi bilamiz, ammo Joze hamon top darajadagi murabbiy ekanligini isbotlashi uchun unga chempionlar kerak.
Hammasi o‘zgarishi mumkin. Mourinoning Rimdagi safari qaridimi?
Muammo Mourinoning o‘zida emas, balki u istagan futbolchilarni “Roma”ga olib kelinmaganidadir. So‘nggi bir yarim yil ichida Joze klub uchun borini berdi, ba’zi yosh iqtidorlarni maydonga tushirdi va tarkibdagi bor futbolchilardan maksimal tarzda foydalanishga harakat qildi. Muammo shundaki, “Roma” portugal murabbiyi talablariga javob bera oladigan futbolchini xarid qilmayapti. Agar buni Sarri va Spaletti bilan solishtirganda, oradagi katta farqni anglab olishingiz mumkin bo‘ladi.
So‘nggi haftalarda tomonlar shartnomani uzaytirish haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Mourino va “Roma” o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilda, kelasi mavsum oxirida tugaydi. “Sportitalia.it” nashriga ma’lum bo‘lishicha, jahon chempionati vaqtida Xorxe Mendesh va Tiago Pinto o‘rtasida shartnomani yangilash ehtimoli bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak.
Fridkinlar “Special One”ning o‘rniga Tuxelni tayinlamoqchi
Aslida, “Roma”ning “short-listi”dan o‘rin olgan murabbiylar ro‘yxati katta emas, ammo klub bir qancha nomzodlarni tayyorlab qo‘ygan. Agar “Nyukasl” Rim klubining eshigini yana taqillatsa, balki bu safar javob boshqacha bo‘ladi! Boisi, arablar qo‘liga o‘tgan ingliz klubi boshqaruviga Jozening kelishi haqidagi mish-mish ancha paytdan beri Rim osmonida suzib yuribdi. Fridkinlar tayyorgarliksiz qolishni istamaydilar va agar hozirdan (Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmasdan) vaziyat yomonlashsa, ular “Roma” murabbiylik roliga kimni olib kelishni yaxshi bilishadi.
Fridkinning oilasida anchadan beri aylanib yurgan ism — Tomas Tuxel. Nemis murabbiyi 7 sentyabr kuni Zagrebning “Dinamo”sidan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng “Chelsi” boshqarshuvidan ozod qilindi va hozirgacha ishsiz. 49 yoshli “Borussiya” Dortmund va PSJning sobiq ustozi Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish borasida katta tajribaga ega, qolaversa Klopp tomonidan futbolga olib kirilgan nemis mutaxassislari “novella”sini to‘liq o‘zlashtira oldi. “Gegapressing” deb ataladigan g‘oya Italiya futboli uchun ham mos tushishi mumkin va buni “Roma”da sinab ko‘rishga Den va Rayan Fridkinlar qarshi bo‘lmasa kerak.
Hozircha, bu faqat bizning taxminlarimiz. Ammo Italiyada Mourning “Roma”ni tark etishi haqida xabarlar allaqachon tarqalgan, ehtimol navbatdagi muvaffaqiyatsizlik Joze uchun Rimdagi hikoyani yakuniga aylanishi mumkin.
Jamshidbek Mahmudov
Fikrlar