
Mourinoning yangi klubi nomi ma’lum
Joze Mourino "Fenerbaxche"ni boshqaradi
61 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2 yilga amal qiladi. Mazkur bitim borasida klub sport direktori portugaliyalik Mario Branku ish olib bormoqda. Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, rasmiy ma’lumot bugun e’lon qilinadi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, shartnoma "2+1" ko‘rinishida imzolanishi kutilyapti.
Turkiya chempioati Mourinoning karerasidagi beshinchisi bo‘ladi. Bunga qadar u Portugaliya, ("Portu", "Benfika"), Angliya ("Chelsi", MYu "Tottenxem"), Ispaniya ("Real"), Italiya ("Inter", "Roma") klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Fikrlar